Mustaqil topshiriq
Amir Temur va Mirzo Ulug'bek hayoti va faoliyati haqida ma'lumot topib keling.
SilverGravity "умник" удалил ответ где не было никаких ОШИБОК.
Ответы на вопрос
Ответ:Amir Temur, Temur, Temurbek (toʻliq ismi Amir Temur ibn Amir Taragʻay ibn Amir Barqul) (1336-yil, 9-aprel — 1405-yil, 18-fevral) — oʻrta asrning yirik davlat arbobi, buyuk turkiy sarkardasi, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi.
Amir Temurning onasi Takina xonim edi. Otasi Amir Taragʻay esa turkiy barlos urugʻining oqsoqollaridan hamda Chigʻatoy ulusining eʼtiborli beklaridan hisoblangan. Uning buyuk ajdodlari Kesh viloyatida hokimlik qilishgan.
Mirzo Muhammad ibn Shohruh ibn Temur Ulug‘bek Qo‘rag‘oniy (1394-1449) - buyuk astronom va matematik, o‘z davrining atoqli allomasi, davlat arbobi, Movaraunnahrni 1441-1449 yillar boshqargan, mashhur hukmdor va sohibqiron Amir Temurning nabirasi.
Ulug‘bek (Muhammad Tarag‘ay) 1394 yil 22 mart kuni hozirgi Ozarbayjon hududidagi Sultoniya shahrida tavallud topgan.
1405 yil, Markaziy Osiyodan tashqari, Yaqin va O‘rta Sharqning barcha hududi, O‘rtayer dengizidan Shimoiy Hindistongacha bo‘lgan katta yerni o‘z ichiga olgan ulkan saltanatni yaratgan buyuk sohibqironning o‘limidan so‘ng, butun merosiy mulki uning o‘g‘il va nabiralariga o‘tadi. Temuriylar saltanatining tepasiga Hirot qarorgohida saylangan Temurning o‘g‘li - Shohruh o‘tiradi.
Mavaraunnahr boshqaruvi Shohruhning to‘ng‘ich o‘g‘li, Amir Temurning nabirasi Ulug‘bekka topshiriladi. 1409 yil Ulug‘bek Samarqand hokimi etib e’lon qilinadi, otasi Shohruhning o‘limidan so‘ng, 1447 yil Temuriylar sulolasiga bosh bo‘ladi.