Belgilash olmoshlaridan foydalanib C vitamini iste'moli bilan bog'liq 7 ta tavsiya yozing.
Iltimos tezroq
Ответы на вопрос
Ответ:
Namatakning taxminan 6 ta yangi o‘rta o‘lchamdagi mevasi 119 mg C vitaminini o‘z ichiga oladi. Bu talab qilinadigan kunlik me’yordan kamida 30 foiz ko‘proq. To‘g‘ri, bunday miqdorda foydali moddalarni olish uchun namatakni xom holda iste’mol qilish kerak. Agar rezavorlar ustiga qaynoq suv quyilsa, ular tarkibidagi askorbin kislotasi 30 foizgacha yo‘qolishi mumkin.
Achchiq va foydali mahsulotlarni yoqtiradiganlar yashil chili qalampirini tanlashi mumkin. Og‘irligi taxminan 45 gramm bo‘lgan bitta o‘rta kattalikdagi qalampirda 109 mg vitamin C mavjud.
Qalampirda C vitaminidan tashqari yana bir qancha foydali moddalar bor. Chiliga o‘ziga xos achchiq ta’m beradigan kapsaitsin moddasi turli xil kelib chiqadigan og‘riqlarni kamaytirishga yordam beradi va yallig‘lanishga qarshi kurashadi. Qalampir iste’mol qilish esa metabolizmni yaxshilaydi va yog‘ erishini tezlashtiradi.
100 gramm sariq bulg‘orini iste’mol qilish kifoya va bu bir kunlik me’yorning ikki baravariga to‘g‘ri keladi. Yorqin qizil bulg‘orida askorbin kislotasi biroz kamroq, ya’ni 100 gramm mahsulot uchun 128 mg. Biroq, bu ham organizmni askorbin kislotasi bilan to‘liq ta’minlash uchun yetarli.
Объяснение: